Huawei 1
Xitoy AQSHdan Filippindagi raketa tizimini olib ketishni talab qildi

Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Syan AQSHning Typhon o‘rta masofali raketa tizimini Filippindan darhol olib chiqishga chaqirdi. Bu haqda Xinhua xabar berdi.

Syan shu tariqa Filippin mazkur raketa tizimini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U bunga bir necha bor qat’iy norozilik bildirilganini eslatdi.

Typhonni “hujum quroli” deb atagan Syan, Filippinning Amerika raketalarini joylashtirishga roziligi bevosita geosiyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqarishi va mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishini ta’kidladi.


Xitoy rasmiysi bu Filippinning shaxsiy ishi emasligi, chunki bu mintaqaning barcha mamlakatlari xavfsizligiga daxldorligini aytdi.

Tarix va voqelik Amerika qurollari joylashtirilgan joylarda nizolar xavfi oshib borayotganini ko‘p marta isbotlagan. Biz tegishli tomonlarni Typhon o‘rta masofali raketa kompleksini darhol olib chiqishga chaqiramiz, dedi Syan.

U, agar AQSH va Filippin oqibatlarni hisobga olmasdan harakat qilishda davom etsa, Xitoy tomoni qat’iy javob choralarini ko‘rishini aytdi.

Typhon — AQSH armiyasining ko‘chma yer usti uchirish qurilmasi bo‘lib, u Tomahawk qanotli raketalarini (uzoqligi 1,8 ming km gacha) va SM-6 ko‘p maqsadli raketalarini (hozirgi versiyasida uzoqligi 500 km gacha) uchirishga mo‘ljallangan.

Xitoy nishonlariga zarba berish qobiliyatiga ega Typhon tizimi 2024-yilning boshida qo‘shma mashg‘ulotlar uchun olib kelingandi. Xitoy va Rossiya tizimning ilk bor Hind-Tinch okeaniga joylashtirilishini qoralab, Vashingtonni qurollanish poygasini avj oldirishda ayblagan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112915 | Инструменты