Xitoylik milliarder Jastin San devorga skotch bilan yopishtirilgan 6,2 million dollarlik bananni yedi. U italiyalik rassom Maurisio Kattelanning ushbu san’at asarini auksionda xarid qilgandi. Bu haqda AFP xabar berdi.
Gonkongdagi eng qimmat mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan 29-noyabr kungi konferensiyada San bergan va’dasini bajardi. U devorga skotch bilan yopishtirilgan bananni yedi. Jastin San san’at asari boshqa bananlardan mazaliroq ekanini ta’kidladi.
“Komedian” asari birinchi marta 2019-yilda Mayami Bichdagi Art Basel ko‘rgazmasida namoyish etilgan, o‘shanda tomoshabinlar orasida bu haqiqiy san’atmi yoki shunchaki hazilmi, degan bahslar kelib chiqqan.
Jastin San — kelib chiqishi xitoylik tadbirkor bo‘lib, u o‘zining birinchi pullarini Snapchat’ning xitoylik analogi bo‘lgan Peiwo ilovasida ishlab topgan. 2014-yilda u kripto hamjamiyatiga qo‘shilgan va o‘shandan beri blokcheyn loyihalariga e’tibor qaratmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112918 | Инструменты