Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isibaning shaxsiy boyligi deyarli 33,8 million iyenni (taxminan 218,2 ming dollar) tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u o‘z hukumatida 12-o‘rinda. Bu haqida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar dalolat bermoqda.
Bosh vazirning asosiy mol-mulki uning Tottori prefekturasidagi uyi hisoblanadi. Yaponiya hukumati rahbari, shuningdek, 5 million iyen (taxminan 32,3 ming dollar) bank depozitiga ega.
Shuningdek, mamlakatning yetakchi og‘ir va harbiy mashinasozlik korporatsiyasi Mitsubishi Heavy Industries hamda eng yirik elektroenergetika ishlab chiqaruvchi Tokyo Electric Power’da ulushga ega.
Sigeru Isibadan avval Yaponiya bosh vaziri bo‘lib ishlagan Fumio Kishida ko‘chmas mulk va jami 186 million iyen (1,2 million dollardan ortiq) bo‘lgan bank depozitlariga ega bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112317 | Инструменты