Huawei 1
Yaponiya ilk bor Xitoy va Tayvan oralig‘idagi bo‘g‘ozdan harbiy kema o‘tkazdi

Zamonaviy tarixda ilk bor Yaponiya harbiy kemasi Xitoy va Tayvan oralig‘idagi bo‘g‘ozdan o‘tdi. Bu holat Pekinda keskin salbiy munosabatga sabab bo‘lib, Xitoy hukumati Tokioga norozilik notasi yubordi.

Yapon gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, “Sazanami” 25-sentyabr kuni ertalab Sharqiy Xitoy dengizidan Tayvan bo‘g‘oziga kirib, Pekinga signal yuborish maqsadida harakat qilgan. Kema o‘tishni yakunlash uchun janubga yo‘l olar ekan, bo‘g‘ozda o‘n soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan.

Bu Avstraliya va Yangi Zelandiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Yaponiya hukumatidagi manbalarga ko‘ra, ushbu uch davlat Janubiy Xitoy dengizida qo‘shma harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Yaponiya bosh vaziri kotibiyatining rahbari Yosimasa Xayasi esminesning ushbu o‘tishi haqida izoh berishdan bosh tortgan. Biroq Xitoyning mintaqadagi harbiy faolligi kuchayishidan tashvishlanayotganini bildirgan.

Biz qisqa vaqt ichida havo hududining ko‘p marta buzilishidan jiddiy xavotirdamiz. Vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz, degan u.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan yapon esminesining o‘tishini keskin qoralab, buning “yagona Xitoy” masalasidagi o‘zaro kelishuvga zid ekanini aytgan.

“Xitoy tomoni Yaponiyaning siyosiy niyatlarini tashvish bilan kuzatmoqda va jiddiy e’tiroz bildirdi. Biz Yaponiyani Tayvan masalasi bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya qilishga, so‘z va harakatlarida ehtiyotkor bo‘lishga, Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi tinch munosabatlarga hamda Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlikka xalal bermaslikka chaqiramiz”, dedi u.

NHK xabar berishicha, Yaponiya kuchlari ilgari Tayvan bo‘g‘ozini o‘z yurisdiksiyasi, Tayvanni esa o‘z hududi deb hisoblaydigan Pekinga qarshi chiqmaslik maqsadida Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tishdan o‘zini tiyib kelgan.

O‘nlab yillar davomida faqat Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘z harbiy kemalarini muntazam ravishda o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan yagona davlat bo‘lib keldi. Biroq, ikki hafta oldin bu yerda Germaniya harbiy kemalari paydo bo‘ldi. Bu hodisa 22 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92714 | Инструменты