Huawei 1
Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Vera Yourova Viktor Orbanga mamlakatning xalqaro huquqqa doir majburiyatlarini eslatdi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Vera Yourova Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga mamlakatning xalqaro huquqqa doir majburiyatlarini eslatdi.

Avvalroq Orban Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vazirini hibsga olishga order berganiga e’tiroz bildirib, uni Vengriyaga rasmiy tashrifga taklif qilgan edi. 

«Mas’uliyatli siyosatchilar xalqaro majburiyatlarini yaxshi biladilar. Tegishli hujjatlarni imzolagan Vengriya Xalqaro jinoyat sudi ishtirokchisi sanaladi. Xalqaro huquq talabiga ko‘ra sud qarorlarini tomonlar hurmat qilishi kerak. Ya’ni Xalqaro jinoyat sudi qarorlari tegishli hujjatga imzo chekkan barcha davlatlar uchun, jumladan, Vengriya uchun ham majburiydir», — degan Yevrokomissiya vitse-prezidenti.

Vera Yourovaga ko‘ra, ehtimoliy jinoyatchi sanalgan Netanyahuni o‘z mamlakatiga taklif qilish bilan Vengriya bitimlarni ochiq buzgan hisoblanadi. Bundan esa eng kamida mamlakat obro‘si to‘kiladi. 

«(Xalqaro jinoyat sudi qarorini bajarmaslikning oqibati yuzasidan) aniq javob bera olmayman. Ammo mamlakat xalqaro institutlardagi majburiyatlarini buzar ekan, o‘z obro‘siga dog‘ tushiradi», — degan YeIning yuqori martabali rasmiysi.

Avval xabar berganimizdek, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi G‘azo sektorida insoniyatga qarshi va urush jinoyatlar sodir etgani uchun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112318 | Инструменты