Sud Nobeldan tortib, xalqaro nizolarni xal qilishning amaliy, nazariy va tashkiliy jihatlarida ko'maklashishi mumkin.
Avvalroq O'zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi tashabbusi bilan Doimiy arbitraj sudi bosh kotibi Xyugo Siblez bilan uchrashuv o'tkazilgani haqida xabar bergandik. Xo'sh mazkur sudga a'zo bo'lishdan O'zbekistonga nima manfaat va afzalliklar bor?
Ushbu savolga javob berish uchun keling, mazkur tashkilotning xalqaro nufuzi, xizmat turlari hamda hamkorlik ko'lamini tahlil qilsak.

– Sud 1899-yilgi Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish bo'yicha Konvensiyaga muvofiq tashkil etilgan va u mazkur sohadagi eng qadimgi tashkilot hisoblanadi.
– Hozirgi kunda unga dunyoning 121 mamlakati a'zo. Sud binosi Gaaganing eng chiroyli binolaridan biri, maxsus qurilgan – Tinchlik saroyida joylashgan.
Shu bilan birga, sudga a'zolik mamlakatda nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish uchun hech qanday qo'shimcha majburiyatlarni yuklamaydi, faqat u qabul qilgan normalar bundan mustasno.
– A'zo davlatlar sud tajribasi bilan xalqaro nizolarni xal qilishda foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, sud xalqaro arbitraj bo'yicha davlat xodimlari va advokatlar uchun treninglar tashkil etish orqali huquqiy xodimlar malakasi va bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Albatta, mazkur jihat respublikaning xalqaro savdo, iqtisodiy va investitsion aloqalari geografiyasini kengaytirishga katta turtki bo'lishi tayin.
– Sud a'zolari 1994-yilda tashkil etilgan moliyaviy yordam jamg'armasidan ham foydalanishlari mumkin. Jamg'arma rivojlanayotgan mamlakatlarga doimiy arbitraj sudi tomonidan boshqariladigan xalqaro arbitraj mexanizmlaridan foydalanish bilan bog'liq harajatlarni qoplash uchun moliyaviy yordam olishda ko'maklashadi.
– Sud ta'limni rivojlantirish jamg'armasi rivojlanayotgan mamlakatlardagi yuridik ta'lim muassasalari bitiruvchilariga bir yil davomida Doimiy arbitraj sudida malaka oshirish va amaliyot o'tash imkoniyatini yaratadi.
– Doimiy arbitraj sudiga a'zo mamlakatlar o'zining 4 nafargacha xalqaro huquq sohasida tegishli bilim va vakolatlarga ega fuqarolarini taklif qilishi mumkin. Ushbu sudyalar keyinchalik “milliy jamoalar”ni tuzishadi, o'z navbatida ular BMTning xalqaro sudiga tanlab olinadi. Ushbu milliy jamoalar Nobel tinchlik mukofoti va Xalqaro Jazo sudiga a'olik nomzodlarini ko'rsatishi mumkin.

Hulosa qilib aytganda esa, O'zbekiston Nobel mukofoti sari bo'lgan yo'llardan birini o'z uchun ochishi, xalqaro nizolarni hal etishda ko'plab ustunliklarga ega bo'lishi mumkin. Eng asosiysi, hozirgi siyosatimizga ham to'g'ri keluvchi omil – xorijiy investorlarni jalb etish imkoniyati ikki baravarga oshadi. Sababi har qanday ishbilarmon biror davlatda biznes boshlashdan avval, o'z faoliyatining huquqiy himoyasini o'ylashi aniq.
Ha, aytgancha, oldinroq bu yo'nalishda qo'yilgan ildam qadamlardan biri - Toshkentda White&Case xalqaro yuridik konsalting kompaniyasi rasman ish boshlagani haqida xabar bergandik.

Gaagada o'tgan uchrashuv yakunida esa Doimiy arbitraj sudi bosh kotibi Xyugo Siblez xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha o'ziga xos maqsadlarni ko'zlagan holda sudga a'zo bo'lish O'zbekiston uchun juda foydali bo'ladi deb hisoblashini qayd etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31601 | Инструменты