Huawei 1
Toshkentda White&Case xalqaro yuridik konsalting kompaniyasi rasman ochildi

Ma'lumki, White&Case xalqaro yuridik kompaniyasi yil boshida Toshkentda o'z vakolatxonasini ochgan edi. 22-oktabr kuni Markaziy Osiyo savdo va O'zbekiston-Amerika biznes forumi doirasi ushbu tashkilotning vakolatxonasi O'zbekistonda yuridik konsalting xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega kompaniya sifatida qayta tashkil etildi. Ochilish marosimi doirasida Amerika va O'zbekiston hukumatlari vakillariga tashkilot ofisida yaratilgan imkoniyatlar, xizmat turlari va hamkorlikning muhim jihatlariga oid taqdimot o'tkazildi.

White&Case xalqaro yuridik kompaniyasi 1901-yilda tashkil etilgan bo'lib, dunyo bo'yicha 26 ta mamlakatdagi 38 ta ofislari orqali 2200 nafar professional huquqshunos yordamida yuridik va jismoniy shaxslarga xalqaro huquq bo'yicha ko'mak berib kelmoqda.

Ta'kidlanganidek, ushbu tashkilotning Toshkentda ochilgan vakolatxonasi xorijiy investorlarni yanada ko'proq jalb etadi. Sababi har qanday ishbilarmon o'z faoliyatining huquqiy himoyasi ta'minlangandagina investitsiya kiritishga bel bog'laydi. Jumladan, AQShning yirik tadbirkorlik sub'ektlarining O'zbekistonda o'z faoliyatini boshlashga qiziqishi yanada ortishi kutilmoqda.

Tadbir davomida so'zga chiqqanlar kompaniya vakolatxonasi nafaqat xorijiy biznes vakillari balki mahalliy tadbirkorlar faoliyatini ham huquqiy qo'llab quvvatlashi, shuningdek, himoya qilishini qayd etishdi.

White&Case kompaniyasi vakolatxonasining ochilish marosimida ramziy qizil tasma kesildi. Shundan so'ng, tadbir qatnashchilariga konsalting kompaniyasi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar haqida ma'lumot berildi. Jumladan, ofisda xalqaro miqyosda huquqiy maslahat berish, tadbirkorlik faoliyati muntazamligini ta'minlashda ishchi dasturlar yaratish, shuningdek, xalqaro arbitraj va loyihalarni moliyalash sohasida o'z tajribasi bilan o'rtoqlashish kabi xizmatlar taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51811 | Инструменты