Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar Turizm vazirlarining onlayn formatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir IHTda “2022-yil – oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yili” konsepsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston raisligida oʻtkazildi.
IV yigʻilish kun tartibidan “IHT mintaqasida COVID-19 pandemiyasidan keyin turizm sohasini jadal tiklash, xavfsiz va barqaror rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”, “IHT turizm poytaxti” nomzodlari, “ECO Vision 2025” mandatlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti hamda IHTga aʼzo davlatlarning “Samarqand Deklaratsiyasi” oʻrin oldi.
Shu bilan birga, Tashkilotga aʼzo davlatlar turizm sohasi rahbarlari 2023-yil Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi va uning doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etish uchun taklif qilindi.
Yigʻilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan qator tashabbus va hujjatlar tasdiqlandi. Bular:
1.“IHT mintaqasida COVID-19dan keyin turizmni jadal tiklash, xavfsiz va barqaror rivojlantirish “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
2. IHTga aʼzo davlatlar boy tarixiy va madaniy merosini eʼtirof etish, turizm sohasining iqtisodiy va barqaror rivojlanish, aʼzo davlatlar amalga oshirgan ishlar maqsadini belgilovchi “Samarqand deklaratsiyasi” tasdiqlandi.
3. Tashkilot aʼzolari tomonidan 2000-yillik tarixga ega, UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Shahrisabz shahri 2024-yilda IHT turizm poytaxti sifatida maʼqullandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42922 | Инструменты