– Ingliz tiliga qanday imtiyoz bergan boʻlsak, nemis va yapon tillarini ham shunday oʻrgatamiz. Maktabni tugatgandan keyin kafolatli ish joyiga ega boʻlishi uchun tilni ham, kasbni ham maktabdayoq oʻrgatishimiz kerak, – dedi Prezident.
Joriy yilning 9 oyida ma'muriy sudlar tomonidan 13 440 ta ommaviy nizo ko'rib chiqilib, buning natijasida 4 497 ta fuqaro va yuridik shaxsning huquqlari tiklandi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida “OYAK” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalchintashni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari bilan birgalikda TDTning Anqara sammiti doirasidagi madaniy dasturda ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Anqara shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashni taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdi.
Davlat rahbari Turkiyaning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan butun turk xalqini qizgʻin muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.
Vazirlik qayd etishicha, may oyidan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining Tailand hududiga tashrif buyurishi uchun “qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan faol diplomatik sa’y-harakatlar” amalga oshirib kelinmoqda.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiyning ta’kidlashicha, ayrim elchixonalar tomonidan e’lon qilingan postlar aslida AQSh tomoniga murojaat sifatida tayyorlangan. Shuningdek, u qo‘shni mamlakatlarning turli hududlarida va undan ham kengroq makonda mavjud bo‘lgan mushtarak meros xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni davom ettirish hamda mustahkamlash uchun zamin bo‘lib xizmat qilishiga aminligini bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosini biryoqlama talqin qilishga nisbatan prinsipial pozitsiyasini saqlab qolishini ma'lum qildi