Tibbiy yordam so‘rab jami 19 kishi murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 17 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasining qayd etishicha, barcha bemorlarning ahvoli hozirda barqaror va ularga zarur muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 26 mingtaga kamaygan. Mutaxassislarning qayd etishicha, tug‘ilish sonining kamayishiga qaramay, O‘zbekiston hamon Markaziy Osiyo mintaqasida demografik o‘sish bo‘yicha yetakchi mavqeini saqlab qolmoqda.
Qaror bilan “Startaplar makoni” xalqaro tanlovi joriy etildi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Gʻolib deb topilgan 25 ta jamoaning har biriga IT Park direksiyasi huzuridagi venchur jamgʻarma tomonidan “chuqur oʻrganish” jarayonidan soʻng 200 ming AQSH dollarigacha investitsiya ajratiladi.
Qo'mita Eskrou tizimini imkon qadar tezroq joriy etish bunday inqirozli vaziyatlarning oldini olish va fuqarolarning qurilayotgan uy-joylar bozoriga boʻlgan ishonchini tiklash uchun zarur qadamligini ta'kidladi.
Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi ( Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “v“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avtobuslar yoʻnalish davomida Poyabzal fabrikasi, Bosmaxona, Junariq mahallasi, Toʻrt qiz, Tinchlik, Chamanzor, Tuyaboʻgʻiz, Quyoshli bozori hamda Chilonzor buyum bozori kabi oraliq bekatlar orqali harakatlanadi. Yoʻnalishda yoʻlkira haqi 5 000 soʻm etib belgilangan.
Raqobat qoʻmitasiga kelib tushgan fuqaro murojaati asosida shahardagi gaz toʻldirish shoxobchalarida narxlar oʻrganilgan. Natijada 22 ta shoxobchada 1 kub metr siqilgan gaz amaldagi narxidan oʻrtacha 1 050 soʻmgacha qimmat sotilgani aniqlangan.
Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda muayyan shartlar asosida akkreditatsiya yig‘imining bazaviy miqdori 4 barobarga kamaytirilishi, ya’ni uning atigi 25 foizi qo‘llanilishi imkoniyati yaratildi.
Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi muvaffaqiyatini baholovchi muhim idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.