Natijalar: 126604

Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev tashrif avvalida Kogonda joylashgan Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Futbol turniri uchun Qozog'istondan Toshkentga kelgan 17 kishi ovqatdan zaharlandi

Tibbiy yordam so‘rab jami 19 kishi murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 17 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasining qayd etishicha, barcha bemorlarning ahvoli hozirda barqaror va ularga zarur muolajalar ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekistonda 9 oyida 638 628 ta tug‘ilishlar soni qayd etildi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 26 mingtaga kamaygan. Mutaxassislarning qayd etishicha, tug‘ilish sonining kamayishiga qaramay, O‘zbekiston hamon Markaziy Osiyo mintaqasida demografik o‘sish bo‘yicha yetakchi mavqeini saqlab qolmoqda.

Prezident Olimpiadasi: gandbol, sport kurashlari va para suzish yoʻnalishlarida g'olib va sovrindorlar ma’lum bo'ldi

Gandbol bahslariga yakun yasalib, sport kurashlari va para suzish yoʻnalishlarida ham navbatdagi gʻolib hamda sovrindorlar aniqlandi. Sohil voleyboli, 3x3 basketbol, tennis va boks boʻyicha esa saralash bellashuvlari davom ettirildi

Oʻzbekistonda umumiy mukofot jamgʻarmasi $5 mlnlik xalqaro startaplar tanlovi yoʻlga qoʻyiladi

Qaror bilan “Startaplar makoni” xalqaro tanlovi joriy etildi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Gʻolib deb topilgan 25 ta jamoaning har biriga IT Park direksiyasi huzuridagi venchur jamgʻarma tomonidan “chuqur oʻrganish” jarayonidan soʻng 200 ming AQSH dollarigacha investitsiya ajratiladi.

9 oyda xalqaro pul oʻtkazmalari orqali Oʻzbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tushgan, 2 mlrd dollar chiqib ketdi

Hisobot davrida Oʻzbekistonda xorijiy valyutaga boʻlgan talab 50,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,9 foizga oshgan.

Urbanizatsiya milliy qoʻmitasi qurilish kompaniyalari boʻyicha mojarolarga munosabat bildirdi

Qo'mita Eskrou tizimini imkon qadar tezroq joriy etish bunday inqirozli vaziyatlarning oldini olish va fuqarolarning qurilayotgan uy-joylar bozoriga boʻlgan ishonchini tiklash uchun zarur qadamligini ta'kidladi.

Angrenda 80 mln soʻmga yaqin qalbaki pul tayyorlaganlar ushlandi

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi ( Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “v“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Intil” markazida xorijda ishlashga maqsadli tayyorgarlik yoʻlga qoʻyilgan

– Ingliz tiliga qanday imtiyoz bergan boʻlsak, nemis va yapon tillarini ham shunday oʻrgatamiz. Maktabni tugatgandan keyin kafolatli ish joyiga ega boʻlishi uchun tilni ham, kasbni ham maktabdayoq oʻrgatishimiz kerak, – dedi Prezident.

Ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlarining minglab qaror va harakatlari qonunga xilof deb topildi

Joriy yilning 9 oyida ma'muriy sudlar tomonidan 13 440 ta ommaviy nizo ko'rib chiqilib, buning natijasida 4 497 ta fuqaro va yuridik shaxsning huquqlari tiklandi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110314 | Инструменты