Huawei 1
2027-yilga kelib O‘zbekistonda onlayn savdo bozori 2,2 milliard dollarga yetadi

KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda e-commerce bozori 5 barobardan ziyod o‘sib, Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan bozor mavqeini mustahkamladi. Sanoatning faol o‘sishi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari va Internet foydalanuvchilari ulushining ko‘payishi, shuningdek, yirik milliy o‘yinchi, o‘z fintex- va logistika infratuzilmasiga ega Uzum Market marketpleysining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

2022-yilda xalqaro ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet-savdo bozori hajmi qariyb 311 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2027 yil oxiriga kelib u 1,8-2,2 milliard dollargacha oshadi, e-commerce ulushi esa riteylning umumiy hajmida 2,2% dan 9-11% ga oshadi. Kelgusi yillarda tahlilchilar internetning kirib borishi (2022 yildagi 77% dan 2023 yilda 87% gacha) va yosh aholining katta qismi tufayli e-commerce platformalaridan foydalanuvchilar sonining ko‘payishini taxmin qilmoqdalar.

KPMG tahlilchilarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda e-commerce bozorini rivojlantirish uchun asosiy to‘siqlar – bu logistika va IT-infratuzilmasining, shuningdek qulay va ishonchli raqamli moliyaviy servislarning yetishmasligidir. Logistika va moliyaviy infratuzilmani rivojlantirayotgan Uzum Market kabi yirik milliy o‘yinchilarning paydo bo‘lishi bozor rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va mavjud cheklovlarni yengib o‘tishga imkon beradi. Investorlar ushbu sektorning ulkan salohiyatidan xabardor va ochilayotgan imkoniyatlaridan foydalanishga intilishadi, ZoodMall va WildBerries kabi xorijiy kompaniyalarning bozorga chiqishi shundan dalolat beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты