Huawei 1
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga yashil energiya koridori doirasida qo‘shma korxona tuzdi

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga “yashil” energetika koridori loyihasi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1-iyul kuni Azerenerji," Qozog‘iston elektr tarmoqlari milliy operatori (KEGOC) va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” vakillari Bokuda faoliyat yuritadigan “Yashil yo‘lak ittifoqi” MCHJ qo‘shma korxonasini ta’sis etish va uning ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

O‘zbekiston tomonidan imzolash marosimida “Milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi investitsiyalar bo‘yicha vakili o‘rinbosari Feruz Qurbonov ishtirok etdi.

Tomonlar Buxarestda joylashgan Green Energy Corridor Power kompaniyasining bosh menejeri Farhod Mammadovni qo‘shma korxonaning bosh direktori etib tayinlashga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70415 | Инструменты