Gvardiola ayni damda APLning eng xavfli hujumchisi kim ekanligini aytdi. Bu Holand emas!

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Kubogi 1/16 finalidan oʻrin olgan “Arsenal”ga qarshi bahsdagi g‘alaba (0:1)dan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Shiddatli o‘yin. “Arsenal” oldinga qadam tashladi. Oʻyin juda keskin oʻtdi, ularda qanday yaxshi jamoa borligini ko‘rib turibsiz. Raqibdan birga-bir individual oʻyin kutmagandim. Hujumlar tashkil qilish qiyin boʻldi. Ammo baribir liga peshqadamini magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldik.

Ake qanday mavsum oʻtkazmoqda! U Premyer-ligadagi eng kuchli raqiblardan birini nazorat qildi, chunki Saka hozir aql bovar qilmaydigan lahzalarni boshdan kechirmoqda. Ha, Bukayo ayni damda APLdagi eng xavfli hujumchi”, — deydi Gvardiola.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92107 | Инструменты