Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ommaviy tartibsizliklar mamlakatdagi tinchlikka putur yetkazuvchi, jamiyat osoyishtaligiga rahna soluvchi omil bo‘lib bormoqda. Shu sababli, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar jalb qilinib, bunday harakatlar keng moliyalashtirilmoqda.
Amaldagi qonunchilikda ommaviy tartibsizliklar tashkil qilganlik, ularda faol qatnashganlik va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsa-da, biroq ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik, ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik mavjud emas.
Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasida ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40202 | Инструменты