Huawei 1
O'zbekistonda maoshlar 1-avgustdan oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi.

Bunda:

- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;

- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

- kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

- 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
- oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
- oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;

- kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

2025 yil 1 avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

2025 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib belgilandi.

2025 yil 1 avgustdan:

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;

- bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81604 | Инструменты