Adidas "Reebok" ni sotib yubormoqda
Adidas kompaniyasi oʼziga tegishli "Reebok" ni AQSh savdo tarmog’I Authentic Brands Groupga 2,1 mlrd. yevroga sotib yubormoqda. Bu AQSH dollarida hisoblaganda, $ 2,5 mlrd ga teng bo'ladi.
U kompaniyani 15 yil avval 2006 yilda 3,1 mlrd yevroga sotib olgan edi. Sotuv ishlari 2022 yil yanvarida yakunlanishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilingan.
Aytish kerakki, 2006 yildan beri Reebok kompaniyasi "Adidas"ga faqatgina 2018 yilga kelibgina foyda berishni boshlagan, ammo pandemiya sotuv hajmi yana keskin kamayishiga sabab boʼldi. Oqibatda, "Adidas" bu kompaniyani sotib yuborishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun: Reebok “Aéropostale”, “Airwalk” va “Forever 21” kabi 30 dan ortiq brendlarni sotib olgan ABG konglomerati tarkibiga kiradi. Konglomerat Sports Illustrated nashriga ham egalik qiladi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 40200 | Инструменты