Konkurchimiz Abdurahmon Abdullayev BAAdagi xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi
Mahoratli konkurchimiz Abdurahmon Abdullayev BAAning Abu-Dabi shahri mazbonlik qilayotgan navbatdagi musobaqada sovrindor boʻldi. Hamyurtimiz CSI3* tasnifidagi turnirning 145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gran-pri yoʻnalishidagi mazkur chiqishda u “Quintair” laqabli otda harakat qildi. Hamyurtimizga kelgusi startlarda ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimizdan ushbu musobaqada Feruz Abdullayev hamda Abdurahmon Abuddullayev ishtirok etishmoqda. Musobaqada Feruz Abdullayevga “Kamiro” va “Conlouba” laqabli otlar, Abdurahmon Abdullayevga esa “Go Four It” tulpori hamrohlik qilishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92107 | Инструменты