Tokio-2020: Nikita Rafalovich xorvatiyalik taekvondochiga imkoniyatni boy berdi
Olimpiya o'yinlarida 80kg vazn toifasida taekvondo bo'yicha yarim finalgacha yetib kelgan Nikita Rafalovich yarim finalda iordaniyalikni mag'lub eta olmagandi. Shundan so'ng, bronza medali uchun kechgan bahslarda yurtdoshimiz xorvatiyalik taekvondochiga qarshi jang olib bordi.
Unda:
1-raundda hisob 6:6 tarzida yakuniga yetdi.
2-raundda esa, raqibning qo'li ustun keldi - 8:15.
Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz ochkolar hisobiga raqibidan ortda qolib ketdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92107 | Инструменты