Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi (UNHCR) ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yil sentabr oyi oxirida dunyoda qochqinlar soni 114 million kishidan oshishi mumkin.
“BMT Qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi bugun urush, taʼqiblar, zoʻravonlik va inson huquqlari buzilishi tufayli uylarini tashlab chiqishga majbur boʻlganlar soni dunyo miqyosida 114 milliondan oshganini aytdi”, — deyiladi hujjatda.
Tashkilotning 2023-yilning birinchi 6 oyi bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, aholining ushbu toifasi o‘sishiga Ukraina atrofidagi vaziyat, Sudan va Kongo Demokratik Respublikasidagi mojarolar, Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz, shuningdek, qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan.
"Hozirda dunyoning e'tibori haqli ravishda G'azodagi gumanitar falokatga qaratilmoqda. Ammo global miqyosda juda ko'p mojarolar kuchayib, tarqalib, begunoh hayotni yo'q qilmoqda va odamlarni o'limiga sabab bo'lmoqda", - dedi BMTning qochqinlar bo'yicha Oliy komissari Filippo Grandi.
Hisobotga koʻra, iyun oyi oxiriga kelib dunyoda majburiy koʻchirilganlar soni 110 million kishiga yetgan, bu 2022-yil oxiriga nisbatan 1,6 million kishiga koʻpdir. BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyidan sentabr oyi oxirigacha bo‘lgan uch oy ichida majburiy ko‘chirilganlar soni yana 4 million kishiga ko‘paygan. Ammo BMT ma’lumotlarida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi janglar tufayli uylarini tashlab ketganlar haqidagi ma’lumotlar mavjud emas.
Kam va o'rta daromadli mamlakatlar qochqinlar va xalqaro himoyaga muhtoj bo'lgan boshqa odamlarning 75 foizini qabul qildi. Bundan tashqari, 2023-yilning birinchi yarmida 2,7 millionga yaqin ichki ko‘chirilganlar uylariga qaytgan, bu 2022-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81604 | Инструменты