AP va Reuters agentligining xabar berishicha, Isroil xavfsizlik kabineti G‘azo shahrini nazorat ostiga olish rejasini tasdiqladi.
AP va Reuters agentligining juma kuni xabar berishicha, Isroil xavfsizlik kabineti Falastinning HAMAS radikal islomiy harakatini “mag‘lubiyatga uchratish” va G‘azo shahrini nazoratga olish rejasini ma’qulladi. Bu qaror, urushni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro chaqiriqlar kuchayib borayotganiga va ko‘plab isroilliklarning HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qo‘rqib norozilik bildirishlariga qaramay, Isroil oliy amaldorlarining tungi uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxu shu oy boshida Fox News telekanaliga bergan intervyusida bir qator rejalarni bayon qilib, Isroil butun G‘azo sektorini nazorat qilishni rejalashtirayotganini aytdi. Isroil armiyasi allaqachon anklavning to'rtdan uch qismini nazorat qilmoqda.
Keng miqyosdagi quruqlikdagi operatsiya o'n minglab odamlarni ko'chirishi mumkin
Isroil mudofaa kuchlari (IDF) G'azo shahriga bir necha bor havo hujumlari va reydlar uyushtirgan. Biroq, bu anklavning Isroil bufer zonasiga aylantirilmagan va evakuatsiya qilinmagan kam sonli hududlaridan biridir.
AP agentligining ta'kidlashicha, ushbu zonada keng ko'lamli quruqlikdagi operatsiya o'n minglab odamlarni ko'chirishi va oziq-ovqat etkazib berishni yanada murakkablashtirishi mumkin.
AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Vitkoff o‘tgan dam olish kunlari Yaqin Sharqqa tashrifi chog‘ida Tel-Avivdagi “Garovdagilar maydoni” (Tel-Aviv san’at muzeyi yaqinidagi katta hududning norasmiy nomi. – Tahr.)ga tashrif buyurdi, shuningdek, anklavga tashrif buyurib, u yerda gumanitar yordam tarqatish punktlarini ko‘zdan kechirdi.
HAMASning Isroilga hujumi va uning oqibatlari
2023-yil 7-oktabrda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin keskinlashdi.Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tan olingan XAMAS harakati Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Jangarilar Isroilga yirik raketa hujumini uyushtirib, uning hududiga bostirib kirishdi va zamonaviy Isroil davlati tarixidagi tinch aholiga nisbatan eng yirik qirg‘inni amalga oshirib, 1200 ga yaqin odamni o‘ldirdi. Shuningdek, jangarilar 250 dan ortiq odamni garovga olib, G‘azo sektoriga olib ketishgan. Garovga olinganlarning bir qismi almashtirildi yoki ozod qilindi, ba'zilari vafot etdi.
Bunga javoban Isroil HAMASga qarshi urush e'lon qildi. Hamas nazoratidagi Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, quruqlikdagi operatsiya va G'azo sektorini bombardimon qilish chog'ida 60 mingdan ortiq falastinlik halok bo'lgan, 145 mingdan ortiq kishi yaralangan. Biroq, bu statistik aniq qanday tuzilgani, xususan, o'lganlar orasida qancha islomiy jangari borligi yoki falastinliklarning kasalxonalarda tabiiy sabablarga ko'ra o'limini o'z ichiga oladimi, ko'rsatilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81604 | Инструменты