O‘zbekiston Markaziy banki 11 iyundan boshlab xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
AQSH dollari kursi yana 37,68 so‘mga pasayib, 12 674,37 so‘mni tashkil qildi. Bu 2024 yil 11 sentyabrdan buyon eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. O‘shanda AQSH dollari kursi 12 686,71 so‘mni tashkil qilgan edi.
Umuman olganda, Amerika valyutasi so‘mga nisbatan to‘rtinchi kun ketma-ket pasayib, 182,98 so‘mga – 12 857,35 so‘mdan 12 674,37 so‘mga tushib ketdi.
10 iyun kuni tijorat banklarida dollarni xarid qilish kursi 12615–12700 so‘mni, sotish kursi esa 12720–12780 so‘mni tashkil qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70500 | Инструменты