O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilni I-yarim yilligida 78,2 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 42% o‘sish.
To’langan soliqlarning 94%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta - 22,6 mlrd so'm;
- Apple - 22,1 mlrd so'm;
- Google - 19,4 mlrd so'm;
- OpenAI - 2,9 mlrd so'm;
- Вooking.соm - 1,9 mlrd so'm;
- TikTok - 1,8 mlrd so'm;
- Netflix - 896,2 mln so'm;
- Acca - 797,1 mln so'm;
- Zoom - 786,7 mln so'm;
- Adobe - 530,8 mln so'm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81614 | Инструменты