2025-yil 2-iyuldan boshlab, aholiga kredit turlari boʻyicha banklarning oʻrtacha foiz stavkalari muntazam eʼlon qilib boriladi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.
Bu nima uchun muhim?
Fuqarolar turli banklar taklifini oson taqqoslab, oʻzlari uchun eng maʼqulini belgilay oladi;
Bozordagi maʼlumotlar noaniqligi kamayadi, shaffoflik oshadi, tanlov imkoniyatlari kengayadi.
Maʼlumotlar Markaziy bankning Kredit axboroti davlat reestri bazasi asosida tayyorlanadi.
Ushbu amaliyot hozircha sinov tariqasida joriy etildi, qo‘shimcha takliflar asosida bosqichma-bosqich takomillashtiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81614 | Инструменты