Huawei 1
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $1,11 mlrdga kamaydi

Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi ketma-ket to‘rt oylik rekord ko‘rsatkichdan keyin pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

1-iyul holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $48,55 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $1,11 mlrdga yoki 2,24% ga kamdir.

Oltin zaxiralari bir oyda $763 mlnga oshib, $38,42 mlrdga yetdi hamda qiymat jihatidan rekord yangilandi. Uning fizik hajmi ham 11,4 troy unsiya (353,85 tonna) dan 11,7 troy unsiya (363,05) ga oshdi.

O‘tgan oyda O‘zbekistonning valyuta zaxiralari $1,88 mlrdga — $10,74 mlrddan $8,85 mlrdgakamaydi. Boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlaridagi valyuta zaxiralari miqdori $460,9 mlnni hamda xorijiy banklarda $8,39 mlrdni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hajmi iyunda biroz — $708,8 mlnga oshdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81614 | Инструменты