De Xea o'tgan mavsumda MYUda eng yaxshi o'yinchi deb topilgani haqida: “Yangi mavsumda unday bo'lmaydi”
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi David de Xea MYUning o'tgan mavsumdagi muammolari, jamoada darvozabon eng yaxshi deb topilsa bu muammolardan darak berishi haqida fikr bildirdi.
“Ha, o'tgan mavsum yakuniga ko'ra men klubda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildim. Bundan xursandman, shaxsan men uchun bu yaxshi, chunki sovrinlar olishni yaxshi ko'raman. Lekin Mourinyoning gapiga qo'shilaman. Bu sovrin hujumchi yoki yarim himoyachiga tegishli bo'lishi kerak. Yangi mavsumda uni boshqa o'yinchimiz olishi aniq, men bunga ishonaman”, — deydi De Xea.
Ma'lumot uchun, Mourinyo mashhur intervyularidan birida agar darvozabon muntazam ravishda eng yaxshi deb topilaversa, demak bu klubda muammo borligini ta'kidlagan edi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premyer-ligasida yangi mavsum 5-avgustda start oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42922 | Инструменты