Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida katta miqdordagi oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi.

Xususan, "Toshkent – Dubay" yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirgan, 1980-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxsning yuklari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada unga tegishli chemodanning ichki tayanch qismiga jami 1 kg 923 gr oltin quymalar yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga 1992-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52122 | Инструменты