“Manchester Yunayted”ning sotilishi bir necha oyga kechikmoqda. Klub egalari nima uchun ikkilanishyapti?
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubini sotish jarayoni kechiktirilishi mumkin.
Klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi sotuvdan taxminan 6 mlrd funt sterling olmoqchi. “Yunayted”ni sotib olishga qatarlik shayx Hamad bin Jassim bin Jobir Ol Soniy va britaniyalik milliarder Jim Retkliff daʼvogar. Ular 4,5 mlrd yevro taklif qilishmoqda “The Guardian” nashri xabariga koʻra, Gleyzerlar murosa qilishlari mumkin, biroq ayni damda klub xoʻjayinlari orasida ikkilanish bor. 6 nafar oila aʼzosining har biri kelishuv boʻyicha oʻz rejalariga ega.
Shu munosabat bilan klubning bir oy ichida sotilishi ehtimoli ancha kamaydi. Kelishuv mavsum oxirida yakunlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin o‘tkazilgan Angliya Liga Kubogi finalida Ten Hag jamoasi “Nyukasl”ni 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumdagi ilk titulini qo‘lga kiritgan edi. Jamoa hozirda o‘zi ishtirok etayotgan har bir musobaqada yurishini davom ettiryapti va chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61715 | Инструменты