Tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalanib, dori reklamasida axloq va maʼnaviyat normalarini buzgan "NIKA PHARM" MCHJga moliyaviy jarima qoʻllanildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “NIKA PHARM” MCHJ tomonidan “Rinoksil Formula+” dori vositasi reklamasida buyuk sarkarda Amir Temur, taniqli davlat arbobi va notiq Jorj Vashington, buyuk olim va tabib Avitsenna (Ibn Sino), buyuk qoʻmondon Yuliy Sezar, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy, davlat arbobi, sarkarda Napaleon Bonopart kabi tarixiy shaxslarning obrazlaridan foydalanib, "ushbu dori vositasini ular tomonidan ishlatilganda" deya, turli holatlarda namoyish etilgan.

Misol uchun xalqimizda Amir Temur adolat, kuch va haqiqat yetakchisi, Alisher Navoiy sheʼriyat mulkining sultoni sifatida eʼtirof etilsa, Yuliy Sezar qadimgi Rim siyosiy arbobi, harbiy sarkarda va yozuvchi sanaladi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasida reklamada milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanishi koʻrsatib oʻtilgan.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq  “NIKA PHARM” MCHJga nisbatan  “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61013 | Инструменты