Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Qo‘shma Shtatlarda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
“Futbolchimiz Kilian Mbappe o‘tkir gastroenteritdan aziyat chekmoqda va bir qator tahlillar topshirish hamda tegishli davolanish kursini o‘tashi uchun shifoxonaga yotqizildi”, deyiladi klub bayonotida.
Maʼlumot uchun, 26 yoshli futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1-turidagi Saudiyaning “Al-Hilol” klubiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. “Real” AQSHda o‘tayotgan turnirda durang (1:1) bilan start oldi. Joriy yilning 22 iyun kuni 2-tur doirasida “qaymoqranglilar” Meksikaning “Pachuka” klubi bilan bahs olib boradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70500 | Инструменты