Huawei 1
«O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi iyul oyida qariyb 1,3 mlrd so'm sug'urta qoplamalarini to'lab berdi

Xususan, iyul oyi davomida Kompaniya tizimida qariyb 1,3 mlrd. so'm hajmidagi sug'urta qoplamalarini to'lab berdi.

Masalan, sodir bo'lgan sug'urta hodisalari bo'yicha berilgan da'vo arizalarini ko'rib chiqilishi natijasida neftni qayta ishlash sohasida mulk sug'urtasi bo'yicha 65 mln. so'm, elektr tarmog'i sohasida mulk sug'urtasi bo'yicha 15 mln. so'm, Jizzax viloyatidagi namunaviy uy-joylar sug'urtasi bo'yicha jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun 19,5 mln. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Shuningdek, joriy yilning iyul oyi davomida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha 47,3 mln. so'm va ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha 143 mln. so'm miqdorida sug'urta to'lovlari amalga oshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81614 | Инструменты