Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bank mutaxassisi 18,7 gektar yer maydonini 200 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumandagi tijorat banklaridan birining mutaxassisi o‘z otasi boshqarib kelayotgan bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka tuman hokimining 2021 yildagi qarori bilan ijaraga berilgan 22,6 gektar yer maydonining 18,7 gektar qismini 200 mln so‘m evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.
Maxsus xodimlar tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mutaxassisi 190 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51602 | Инструменты