Huawei 1
O‘zsanoatqurilishbank yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun YETTBdan 25 million dollar jalb qildi

Mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirish, startap va innovasion loyihalarini moliyaviy jihatdan rag‘batlantirish Prezidentimiz tomonidan bank tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Aynan shu maqsadda joriy yil 13-15-may kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar kengashining 34-yillik yig‘ilishi va xalqaro biznes forumi doirasida muhim kelishuvga erishildi.

Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va YETTB o‘rtasida “Yoshlar biznesda” (“Youth in Business”)dasturini amalga oshirish bo‘yicha qiymati 25 million AQSh dollariga teng bo‘lgan bitim imzolandi.

Ushbu moliyaviy resurslar 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan boshqarilayotgan mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada moliyalashtirish imkonini beradi. Startaplar, innovasion g‘oyalar va investision loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishva bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, bank mijozlari YETTBning “Kichik biznesga maslahat” (Advisory for Small Businesses) dasturi orqali biznes rejalashtirish va strategik yondashuvlar bo‘yicha texnik hamda maslahat xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aytish joiz, YETTB Markaziy Osiyo davlatlarida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida “Markaziy Osiyoda biznesdagi yoshlar” dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank bu kabi xalqaro dasturlar orqali O‘zbekiston yoshlari uchun keng imkoniyatlar ochishni, ularning o‘z biznesini tashkil etib, rivojlantirib borishini tizimli tarzda qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

https://sqb.uz/uz/press-center/news-uz/yettb-bilan-hamkorlik-yoshlar-iqtisodiyotiga-strategik-sarmoya/

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51521 | Инструменты