Polshada boks bo‘yicha Jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.
Kecha musobaqa doirasida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi va ularning barchasi g‘alabaga erishdi. Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1-raunddayoq g‘alabaga erishgani eʼtiborga molik.
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Kory Jones (Uels) 5:0
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Ousainou Xansen (Germaniya) - Asadxo‘ja 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi;
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Villiam Cholov (Bolgariya) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya) 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kauye dos Santos (Braziliya) 5:0
Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты