Huawei 1
Olimlar achchiq qalampirning ta’sirini kamaytiruvchi uchta tabiiy birikmani topishdi

AQShning Ogayo shtati universiteti olimlari achchiq qalampirning ta’sirini (achchig‘ini) kamaytiruvchi uchta tabiiy birikmani topishdi. Kashfiyot an’anaviy Skovill shkalasining aniqligini shubha ostiga qo‘yadi va oziq-ovqat hamda farmatsevtika sanoati uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Tadqiqot Journal of Agricultural and Food Chemistry (JAFC) ilmiy nashrida chop etildi.

Garchi qalampirning achchig‘i an’anaviy ravishda kapsaitsin va digidrokapsaitsin (SHU, Skovill shkalasining asosi) miqdori bo‘yicha o‘lchansa-da, SHU ko‘rsatkichlari yuqori ba’zi navlarning achchig‘i kutilganidan kamroq bo‘lib chiqadi. Jamoa bu anomaliyaga oydinlik kiritish uchun Chile de árbol va Scotch bonnet kabi 10 turdagi qalampir ustida tajriba o‘tkazishdi.

Mutaxassislar turli qalampirlardan olingan kukunlarni 800 SHU darajasigacha standartlashtirdilar. Shundan so‘ng degustatorlar achchiqlik sezilishidagi jiddiy farqni qayd etishdi. Kimyoviy tahlil achchiqlikning beshta potensial modulyatorini aniqladi. Sinovlar uchta birikma achchiqlikni kamaytirishini tasdiqladi.

Uchta asosiy birikma — kapsianozid I, rozeozid va zanjabil glikolipidi A — achchiqlikni samarali kamaytirgan holda o‘zlaridan ta’m chiqarmadi. Qizig‘i, bu birikmalar uchligi achchiqlik effektini kuchaytirmagan.

Yangi kashfiyot natijasida taomlarning achchiqligini kesuvchi g‘ayriziravorlar yaratilishi, opioidsiz og‘riq qoldiruvchi yangi dori vositalari ishlab chiqarilishi hamda achchiq mahsulotlarni baholash usullarini takomillashtirilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51602 | Инструменты