Huawei 1
Mahmud Muradov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Chexiya poytaxti Pragada aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha Oktagon 72 turniri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov co-main event — asosiy janglardan birida oktagonga ko‘tarildi.

Murodov ushbu bahsda mezbon jangchi Patrik Kinslga qarshi o‘rta vazn toifasida jang olib bordi. Ushbu to‘qnashuv Oktagon promoushenining vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqish uchun o‘tkazildi.

To‘liq davom etgan jangda Mahmud Muradov raqibi ustidan to‘liq ustunlikka erishdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasini e’lon qilishdi.

Shu tariqa, Mahmud Murodov Oktagon promoushenining o‘rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempion sifatida qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70500 | Инструменты