Odil Ahmedovning tug'ilgan kuniga "Mercedes Gelenvagen" avtomobili sovg‘a qilindi

Joriy yil 25-noyabr kuni taniqli o‘zbek futbolchisi Odil Ahmedov 35 yoshni qarshi oldi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Futbol assosiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan Ahmedovning tavallud kuniga "Mercedes Gelenvagen" avtomobili sovg‘a qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq futbolchiga 300 ming dollarlik mashina do‘sti tomonidan sovg‘a qilingan deyilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Odil Ahmedov 1987-yilda Namanganda tug‘ilgan. U 2007-yildan 2021-yilgacha O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan. Terma jamoa safida umumiy 108 ta bahsda maydonga tushib, 21 ta gol urgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Ahmedov Toshkentning “Paxtakor”, Rossiyaning “Anji”, “Krasnodar” va Xitoyning “Shanxay SIPG”, “Tyanszin” klublarida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining sobiq sardori 2021-yilning 18-dekabrida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52200 | Инструменты