Toshkentda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogi oʻtkazilmoqda. 14 mamlakatdan 60 nafarsportchi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dastlabki gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Unga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ortda qolgan kun 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Xususan, 50 yoshni qarshi olgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medal bilan taqdirlandi.
Oltin medal:
Abdulaziz Mirvaliyev (erkin mashq)
Ahrorxon Temirxonov (halqa)
Kumush medal:
Oksana Chusovitina (tayanib sakrash)
Ravshan Komiljonov (Ot ustida mashq)
Humoyun Islomov (erkin mashq)
Bronza medal:
Shahinabonu Yusufova (tayanib sakrash)
Bugun yana bir qator yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70423 | Инструменты