UZREPORT TV telekanali UFC 269 turnirini jonli efirda namoyish etadi
12-dekabr kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arenada MMA bo‘yicha navbatdagi UFC 269 turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirning asosiy jangida amaldagi chempion braziliyalik Charlz Oliveyra yengil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni amerikalik Dastin Porye bilan UFC chempioni unvoni uchun kurashadi.
Shuningdek, asosiy janglardan yana birida amaldagi chempion braziliyalik Amanda Nunes amerikalik Julianna Penya bilan ayollar o'rtasida yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun to‘qnash keladi.
Dastavval, mazkur jang shu yilning avgust oyida UFC 265 doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Nunesning COVID-19 testi ijobiy chiqqani sababli jang qoldirilgandi.
Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatlarini inobatga olib, UZREPORT TV telekanali musobaqani O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish uchun eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritdi.
UFC 269 turniridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya UZREPORT TV telekanalida 12-dekabr kuni tongda boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda UFC 269 da asosiy va dastlabki kardlar 9 ta jangdan iborat.
Asosiy kard:
Charlz Oliveyra - Dastin Porye;
Amanda Nunes - Julianne Penya;
Jeff Nil - Santyago Ponzinibbio;
Kay Kara-Frans - Kodi Garbrandt;
Raulian Peyve - Shon O'Melli.
Dastlabki kard:
Josh Emmett - Den Ige;
Pedro Munyos - Dominik Kruz;
Avgusto Sakai - Tai Tuivasa;
Jordan Rayt - Bruno Silva.
UZREPORT TV telekanalida UFC 269 turnirini jonli efirda tomosha qiling!
Alpha version: 0.9.1.19 build 61715 | Инструменты