Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi ( Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “v“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining Angren shahrida qalbaki pul tayyorlash va uni muomalaga kiritish bilan shugʻullangan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan. Unda Angren shahrida yashovchi, 1993 yilda tugʻilgan fuqaro 1997 yilda tugʻilgan tanishi bilan til biriktirib, shahardagi koʻp qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olgani va shu yerda qalbaki pul tayyorlagani aniqlangan.
Xonadonni koʻzdan kechirish jarayonida yarim tayyor holatdagi 100 va 200 ming soʻmlik kupyuralardan iborat jami 79,8 mln soʻmlik qalbaki pullar topilgan. Shuningdek, rangli printer, uning boʻyoqlari va kanselyariya jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Qayd etilishicha, qoʻlga olingan har ikki shaxs muqaddam ham sudlangan boʻlgan. Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi ( Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “v“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ular sud hukmi bilan ushbu modda bilan aybli deb topilsa, 10 yildan 15 yilgachaqamalishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110314 | Инструменты