FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda

Ispaniyaning Roquetas de Mar shahrida FIDE U7–U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Mazkur chempionat FIDE tomonidan yangi formatda tashkil etilayotgan ilk musobaqa bo‘lib, unda U7, U9, U11, U13, U15 va U17 yosh toifalarida Open va Girls yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.

Musobaqa 11 turdan iborat Shveysarcha tizim asosida o‘tkaziladi. Vaqt nazorati — 45 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya bo‘lib, ushbu qisqartirilgan vaqt nazorati mazkur yosh toifalarida ilk bor qo‘llanmoqda.

Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini 13 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda:

Open:
U9 — Fazliddin Farkhodov, Sayfuddin Erkinboev
U11 — Akbar Mustafakulov
U13 — FM Ibrohim Jumanazarov
U15 — Biloliddin Obidov
U17 — FM Shahzodbek Hamzaev 

Qizlar:
U7 — Malika Ikromova
U9 — Aminabonu Zoxirova
U11 — WFM Husnorakhon Khusnitdinova
U13 — WCM Lazizabonu Komiljonova, WFM Sarvinoz Begmuratova
U15 — Shaxrizoda Sattarova
U17 — WCM Mumtozbegim Mansurova 

1-tur bugun, 14-oktyabr kuni soat 13:30 da Toshkent vaqti bilan boshlanadi. Musobaqa 21-oktyabrga qadar davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110314 | Инструменты