Apple iPhone 12 modelini rejalashtirilganidan kechroq chiqaradi

Apple kompaniyasi iPhone 12 modeli rejalashtirilganidan kechroq taqdim qilinishini ma'lum qildi. 

Odatda kompaniya yangi iPhone telefonlarini sentabrning ikkinchi qismida ommaga namoyish qilardi. Ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli bu yil yangi model kechroq chiqadi. Apple kompaniyasi mutaxassislari qurilmalarni yakunlash uchun o'z vaqtida Xitoyga bora olmadilar va bahordan beri uydan chiqmasdan ishladilar.

Shu bilan birga, so'nggi paytlarda smartfonlarga talab kamaygani ma'lum qilinmoqda, chunki ko'pchilik karantin davrida uyda vaqt o'tkazmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110314 | Инструменты