Tesla rasmiy saytida avtomobilning uchta versiyasi ko‘rsatilgan: Performance — 50 ming dollar depozit bilan; Thrust — 250 ming dollar narxda taqdim etiladigan va bir soniyadan kamroq vaqt ichida tezlanishga erishishi aytilmoqda. Bir o‘rinli Rocket versiyasi esa havoga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘lib, faqat maxsus taklif orqali xarid qilinishi mumkin
Tesla kompaniyasi o'zining yangi burchakdor dizaynga ega Roadster sportkarini rasman taqdim etdi. Taqdimot davomida avtomobil vertikal tezlashish, sakrashlar, havoda aylanish va yumshoq qo'nish kabi elementlarni o'z ichiga olgan ajoyib shou namoyish etdi.
Kompaniya bayonotiga ko'ra, yangi sportkar joyidan 97 km/soat tezlikka atigi 0,81 soniyada erisha oladi.
Modelning tashqi ko‘rinishi 2017-yildagi prototipga nisbatan sezilarli darajada o‘zgargan: silliq chiziqlar o‘rnini Cybertruck va Lamborghini Reventon avtomobillari uyg‘unligini eslatuvchi burchakdor shakllar egallagan.

Havodagi tryuklar uchun avtomobil tagiga o‘rnatilgan ventilyatorlar va SpaceX ishtirokida ishlab chiqilgan o‘nta gazli tezlatkich javob beradi. Ventilyatorlar hatto avtomobil joyida turganida ham uni yo‘lga 2G gacha kuch bilan bosib tura oladi.
Tezlatkichlar har biri 600 litr hajmli 2 ta bort rezervuarida saqlanadigan siqilgan havodan foydalanadi. Ushbu tizim avtomobilga havoda turli manevrlarni bajarish imkonini beradi.

Shu bilan birga, Tesla hozircha faqat konsept modelni namoyish etdi, avtomobilni seriyali ishlab chiqarish esa 2028-yilga rejalashtirilgan.
Kompaniya avtomobilning yurish zaxirasi, quvvati, elektr dvigatellari konfiguratsiyasi, akkumulyator sig‘imi va ishlab chiqarish rejalari haqida ma’lumot bermagan.
Tesla rasmiy saytida avtomobilning uchta versiyasi ko‘rsatilgan: Performance — 50 ming dollar depozit bilan; Thrust — 250 ming dollar narxda taqdim etiladigan va bir soniyadan kamroq vaqt ichida tezlanishga erishishi aytilmoqda. Bir o‘rinli Rocket versiyasi esa havoga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘lib, faqat maxsus taklif orqali xarid qilinishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110314 | Инструменты