“Atletiko Madrid” qoniqarsiz natijalari tufayli bosh murabbiyni o'zgartirmoqchi. Asosiy nomzod ham ma'lum
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi bosh murabbiy Diego Simeone oʻrniga boshqa murabbiyni olib kelmoqchi.
Ispan nashrlarining ta'kidlashicha, germaniyalik Tomas Tuxel Simeonening oʻrnini egallashga asosiy da’vogar hisoblanadi. Simeone — dunyodagi eng koʻp maosh oluvchi murabbiy boʻlib, uning jamoasi La Ligada beshinchi oʻrinda bormoqda, shuningdek, bu mavsum Chempionlar Ligasi guruh bosqichida soʻnggi oʻrinni egalladi.
Ispaniyaning “Fichajes” nashri xabariga koʻra, “Atletiko” Tuxel jamoani jonlantirish uchun mukammal shaxs deb bilmoqda. Klub ispan mutaxassisining qoniqarsiz natijalari tufayli murabbiyni almashtirish kerak, degan xulosaga kelgan.
49 yoshli Tuxel hozirda ishsiz — germaniyalik mutaxassis sentyabr oyi boshida “Chelsi” bosh murabbiyligidan boʻshatilgan edi.
Mavzuga doir:
Tuxel 2 yarim oy ichida o'ziga yangi klub topmasa, Angliyani tark etishga majbur bo'ladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 92107 | Инструменты