Tuxel 2 yarim oy ichida o'ziga yangi klub topmasa, Angliyani tark etishga majbur bo'ladi

Angliyaning “Chelsi” klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Buyuk Britaniyani tark etishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

London klubi germaniyalik mutaxassisni 7-sentyabr kuni bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilgandi. Ta'kidlanishicha, Tomas tez orada oʻziga yangi klubdan ish topmasa, mamlakatni tark etishga majbur boʻladi.

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan keyin malakatda joriy qilingan qoidalarga koʻra, ishdan boʻshagan xorijlik fuqaro vizani uzaytirish uchun 90 kun ichida yangi ishga joylashishi kerak. Hozirda, Tuxelda qo'shimcha 75 kun vaqt qoldi. Murabbiy Kobhemdagi oʻquv bazasi yaqinida yashashni davom ettirmoqda, uning qizlari esa Surreydagi maktabga boradi.

Avvalroq murabbiyning faoliyatini qayerda davom ettirishni istayotgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92108 | Инструменты