Madridliklar hozir o'sha hujumchini sotish niyatida
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchi Joau Felishni yozda “Bavariya”ga 100 mln yevro evaziga sotishga ko'nmagani ma'lum bo'ldi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Futbolchining agenti Xorxe Mendesh o'tgan mavsum yakunida Myunxen klubidan Felish uchun 100 mln yevrolik taklif bo'lganini, biroq Madrid klubi portugaliyalikni shunday yirik summaga ham sotishga rozi bo'lmaganini ta'kidladi. Qayd etilishicha, “Bavariya” hujumchi Robert Levandovskining “Barselona”ga ketgani tufayli hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchi sotib olmoqchi bo'lgan.
Myunxenliklar Sadio Maneni qo'lga kiritganidan so'ng, kelajak uchun ham sarmoya kiritish maqsadida yosh Felish uchun 100 mln taklif qilgan “matraschilar” bunga rad javobini bergan. Shundan so'ng, nemis klubi arzimagan pul evaziga bir nechta yosh hujum chizig'i vakillarini sotib olgani haqida xabar bergan edik.
Ta'kidlanishicha, hozirda “Atletiko” Felishni sotish kerak, deb hisoblamoqda. So'nggi 7 uchrashuvda portugaliyalik hujumchi atigi 52 daqiqa harakat qilgan. Biroq, hozir u uchun hech bir klub 100 mln yevro taklif qilishi amri mahol.
Mavzuga doir:
“Bavariya” “Atletiko” hujumchisini sotib olish uchun rasmiy taklif jo'natdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты