Huawei 1
Chempionlar Ligasini sharmandali tarzda tark etgan “Atletiko” qancha puldan quruq qolgani ma’lum bo‘ldi

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi Chempionlar Ligasi 6-turida “Portu”ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

Bu magʻlubiyat Madrid klubining oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallashi va yevrokubokdan chiqib ketishini anglatardi. Bunday voqea 2011-yilning dekabridan buyon jamoaga ustozlik qilib kelayotgan Diego Simeone bilan birinchi marta sodir boʻldi.

“Mundo Deportivo” nashri xabariga koʻra, “Atletiko” bu muvaffaqiyatsizlik tufayli kamida 20 million yevro yoʻqotdi. Ular oʻyinchilarni sotish orqali bunday holatdan chiqib ketishi mumkin boʻladi. Taxminlarga koʻra, “Atletiko” amalga oshirilgan transferlardan kamida 40 million yevro ishlab olishi kutilmoqda.

Avvalroq, PSJ klubi jamoani tark etishi kutilayotgan Messi va o‘rniga Madrid klubi hujumchisi Joau Felishni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar betgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60613 | Инструменты