“Messining jahlini chiqarmang, aks holda...” — Aguero nega raqib himoyachilari Messining asabiga tegmasligi kerakligini aytdi
Argentinalik sobiq futbolchi, o'tgan yili faoliyatini yakunlagan Serxio Aguero hamyurti Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
“Leoni jahlini chiqarmang... Unga qarshi o'ynagan ko'plab himoyachilar Messining asabiga tegmaslikka va uni g'azablantirmaslikka harakat qiladi. Chunki bu yaxshilikka olib kelmaydi. Agar u o'zini mazax qilingandek his qilsa 2 daqiqada 10 talab gol urib tashlaydi.
Mundialda Niderlandiya va Saudiyaga qarshi bahslarda Messiga shunaqa munosabatda bo'lishdi, g'azablangan Leo esa yakunda kubokni qo'lga kiritdi. Uning jahlini chiqarmang, aks holda biz JCHni yutishda davom etaveramiz”, — deydi Aguero.
Mavzuga doir:
Aguero: “Holand Germaniyaga o'rganib qolgan ekan. Van Deyk uni uyg'otib yubordi”
Alpha version: 0.9.1.19 build 42922 | Инструменты