Aguero: “Holand Germaniyaga o'rganib qolgan ekan. Van Deyk uni uyg'otib yubordi”
Angliyaning “Manchester Siti” klubi sobiq hujumchisi, APLda eng ko'p xet-trik amalga oshirgan futbolchi — Serxio Aguero “shaharliklar” yangi hujumchisi Erling Holand haqida fikr bildirdi.
“U Germaniyaga o'rganib qolgan. U yerda Erling bir o'zi o'ynardi va deyarli raqib qarshiligiga duch kelmas edi. Biroq bu yerga kelishi bilanoq Van Deyk uning oldiga kelib: “Premyer-ligaga xush kelibsan”, — deya uni uyg'otib yubordi. Unga biroz vaqt kerak”, — deydi sobiq futbolchi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli forvard Manchester klubi safida ilk rasmiy uchrashuvini Angliya Superkubogi doirasida “Liverpul”ga qarshi o'tkazdi va o'yin davomida ko'plab vaziyatlardan foydalana olmay, maydonni golsiz tark etdi.
Ma'lumot uchun, “shaharliklar” uni shu yozda “Borussiya Dortmund”dan 60 mln yevro evaziga xarid qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42923 | Инструменты