“U nimadir chekib olganmi?”, — Aguero Pikening futbolga o'zgartirish kiritish haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Angliyaning “Manchester Siti” hamda Ispaniyaning “Barselona” klublari sobiq hujumchisi Serxio Aguero Jerar Pikening futbol qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish zarurligi haqidagi gʻoyalariga munosabat bildirdi.

“Menimcha, o'yin vaqtini 60 daqiqa qilish uning tomoshabopligini oshiradi. Qo'shimcha bo'limlarda esa bitta hal qiluvchi golgacha o'ynash ancha qiziqroq bo'lardi. Yoki maydondan ketma-ket futbolchilarni chiqarib yuborish orqali g'olibni aniqlash texnikasiga nima deysiz? Tasavvur qiling: Mbappe va Holand bir-biriga qarshi, kurash ulardan biri gol urguncha davom etadi”, — degan edi Pike.

“Pike nimadir chekib olganmi? Jin ursin, u futbolni birga-bir oʻynashlarini xohlayaptimi?!” – deydi Aguero.

Eslatib o'tamiz, Pike avvalroq futbol tovar sifatida eskirgani haqida fikr bildirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42923 | Инструменты